Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish A‘zo bo‘lish
Kutubxona | { aDaBiYoT }
1 2 3 >>

Andijon koʻchalarida 2-kitob

Qo'shdi:Beast crazy (21.05.2020 / 16:19)
Reyting:rating 2026 article (3)
Oqilgan:51
Fikrlar:0
Laylo



Yangi mijozlar bilan Billiard Clubdagi uchrashuvni o’tkazib, prakror yordamchisi Mirakbar Normatov bilan suhbatlashish uchun prakraturaga yo’l oldi. U yerdagi ishlarini bitirib, chiqib uyiga bordi. Eshikdan kirganida oilasi kechki ovqatga o’tirishayotgandi.
Bugun kechikib kettin dedi onasi.
Yangi mijozlar bilan suhbat o’tkazdim shunga.
Ishlarin yaxshimi o’zi Laylo deb opasi ham qo’shildi. Laylo ochiq chehra bilan onasi va opasi savollariga javob qaytarib, kechki ovqatni o’tkazdi. Opasi bilan yotog’lariga uxlash uchun kirib ketishdi. Opa-singilning ikki yosh farqlari bor edi. Opasiga sovchilarning keti uzilmayotgandi. Layloning dadasi maktabni bitirayotgan davrlarida bu dunyodan ko’z yumgandi. Onasi boshqa erkakka tegmasdan shu ikkala qizini yaxshi tarbiya bilan ulg’aytirdi. Laylo maktabni bitirib, yuristlikka o’qidi. Opasi esa onasiga yordamlashish uchun tikuv sexida ishladi. Layloning otasi yo’qligi uchun ko’ngli yarim ulg’aydi. U ham Otabek va uni do’stlari kabi adolatsizlik ko’p ko’rdi. Oxir-oqibat adolatsizlikka qarshi kurashni boshladi. U ko’rgan yigitlarning bari olifta, ota-onalarining pullariga ishongan, qizlar bilan yallo qilib yuradigan, gapirgan gaplariga javob beraolmaydiganlar edi. Otasi o’lganida sevgan yigiti yuragini parchalab tashlab ketdi. Layloning yuragi shundan beri toshga aylangan. Otasini so’g’inib, yashashga o’rganib qoldi. Bo’yi yetgan opa-singillar xonalarida pichirlab, orzularidagi oq-otdagi shaxzodalar haqida gaplashib, yotishardi. Opasining shaxzodasi bor. Laylo opasining shaxzodasi haqidagi gaplarini tinglab yotardi. Har qanaqa sirini opasiga bemalol yorilib, aytaverardi. Bugungi ishdagi sarguzashtlari haqida gap ochdi.
Yangi mijozlar mendan yordam so’rashdi.
Qanaqa odamlarakan?
Mm uchta-to’rtta oshnalarakan. Biznes qilisharkan. Ishlari yaxshiykan. Bugun ular bilan uchrashganimdan keyin ulardi malumotlarini istadim. Bita Nodir deganinikini topdim.
Anou boshlig’larin nima bo’ldi?
Hax ulani ishlari boshidan qosin. Mana qo’lim qurumasakan HUDOga shukur. Ish chiqyapti.
Yaxshiykanmi?
Mmm bo’ladi. Ishlari qonuniy madaniyatli odamlarakan.
Sal chiroylirog’i borakanmi?
O’zi hammasi istarali odamlarakan. Hvvp opa uladi bitasi yomon jiddiyakan. Bunaqa bolla kamayib ketgan do’dim. Bo’riga o’xshab ketadi huddi.
Yo’o’g’e?
H opa unaqa odam ko’rmaganman. Hammasiga e’tibor berdim. Hama oshnasi shu bolani qovog’iga qarab o’tirishdi.
Gaplashdinmi?
Hh gaplashdim. O’ylanib, tixaa gapirarkan. Huddi graflaga o’xshedi.
Hhooo sevib qomadizmi singiljon.
Vayy yo’ opa mijoz holos ula. O’ziz pochcham bilan gaplashdizmi?
H gaplashdim. Sovchila keyingi oylaga kelisharkan.
Yanaya opa.
H senam birontasini yaxshi ko’rmeysanmi?
Yaxshi ko’rmiman opajon. Tengim chiqsa yoqsa turmushga chiqaman. Lekin sevmiman hich kimmi.
Balki yoqib qolar birontasi.
Ts bilmadim opajonim yaxshi dam olin. Shu tariqa shirin uyquga g’arq bo’ldilar. Laylo tonga yaqin tush ko’rdi. Tushida bir to’da bo’rilar bir-birlarini g’ajishayotganmish. Keyin ularning orasidan Otabek to’pponcha ko’tarib, chiqib kela boshlabdi. Voqealar o’zgarib, Laylo katta ko’cha bo’ylab yura boshlabdi. Yo’lida oppoq ko’ylakda yana Otabek paydo bo’libdi. Laylo menga yordam bering deb, pichirlab, ko’ksiga bosh qo’yibdi. Laylo beixtiyor uning boshini silab, bo’pti-bo’pti debdi. Keyin uyg’onib ketdi. Ko’rgan tushini hazm qilolmasdan yarim soatcha o’tirib, o’ylandi. Odam tushida ko’rgan insonini ko’rgisi keladi. Laylo ham o’zi hoxlamasada Otabekni ko’rgisi keldi. Nonushtadan so’ng ular haqida malumot yig’ish uchun ishga otlandi. Ikki kun davomida izlanib, qidirib, barcha malumot va hujjatlarni topdi. Uyiga qaytib, yana oilasi bilan kechki ovqat qildi. Idish-tovoqlarni yuvib, dasturxonlarni yig’ishtirib bo’lgach, opasiga qilgan ishlarini aytib berish uchun xonasiga shoshildi.
Ishlarin nima bo’lyapti?
Yaxshi. Bugun uladi avtobiografiyasini topdim.
Ho’o’sh meni advokat singlim gapirchi.
Mana deb sumkasidan hujjatlar chiqardi. Opasi ularga bir-bir ko’z yugurtirdida singlisiga qaradi.
Otabek ― 2001 yili 4-fevralda tug’ilganakan. Rossa qiyinchiliyda o’sganakan opaa. Opasi dars olayotgan o’quvchi singari quloq solib, boshini likillatib o’tiraverdi. Laylo opasiga qarab-qarab qo’g’ozlardagi yozuvlarni gapirishda davom etdi. Uni akasi o’lganakan. Otabekni oilasida yuqori martabali odam bo’magan. Aftidan adolatsizliy ko’p ko’rganga o’xshayapti. Ko’pchili bu bolani egilmas bo’gan deyishti. Opasi singlisi uzatgan qog’ozlardan birini sinchiklab, kuzatdida.
Manou bolani xayoti rosa achinarliyakan.
Nimaga diysz?
Mana qara birinchi ayasi tuqqanidan hech qancha o’tmey o’lganakan. Keyingi o’gay ayasiyam bola yoshligida o’lib ketganakan.
Yo’g’e deya opasining qo’lidagi qog’ozni oldi. Unga qarab turib, yana oldida turgan hujjatlarni titdida bittasini olib tikilib qoldi.
Vay bechora endi bildim bu bola nimaga unaqaligni.
Qanaqeykan deb opasi derazadan ko’zini uzib, singlisiga qaradi.
Dadasiyam qomalib chiqqanakan. Besh yilga!
Yo’g’ee.
Ha mana qaren. Ikkinchi ayasidan bir yil o’tib, dadasi kirib ketgan. Bu bola akasini qo’lida qogan. Shuningchun ko’zida maxzunlik ko’ringanakandaa.
Rostana u bilanam gaplashdinmi?
H gaplashdim. To’g’ri gaplashdi.
Yaxshi. Qoganichi?
Ho’o’sh, Abdulaziz ― 2002 yil, yakka o’g’ilakan. Bitta singlisi bor. Dadasi tadbirkorakan. O’zi Rossiyada o’qib kegan. Oliy malumotliyakan. Oilasida lichniy prablema yo’. Buni oldida hech kimi bo’magan. Faqat dadasi ancha ezib qo’yganakan.
Hmm endi nima qimohchisan?
Bilmadim opaa.
Ishlaging kelyaptimi o’zi?
Hhh kelyapti. Shu ko’nglim g’ashrog’da.
Nimaga?
Ertaga borib, yana gaplashib ko’raman.
Yaxshida singlim. O’ylab ish qil.
Bo’ptii o’ylab ko’raman.
Vaayy ana pochchen tel qilyapti aloo deganicha oynadan tashqariga qarab telefonda gaplashib ketdi. Laylo sekin o’rniga yotdi. Hayollari oqimiga g’arq bo’la boshladi. Eski sevgilisini esladi. Yuragi o’rtandi. Bir hafta oldin o’sha nomardni farzandli bo’lganini eshitgandi. Nega hayot bunday. Seni har tarafdan ezaveradi. Erkaklar ko’ngliga yoqqan ayolga qarab ketaverishadi. Ayollarga faqat o’z nafslarini qondirish uchun ehtiyoj sezishadi. Ayolga hamdard, uni boshini silab, uning dardiga malham bo’ladigan erkaklar kam. Qaniydi meni tushunadigon, meni o’ylaydigon, dardimga malham bo’ladigon odam keseydi. Men undan hech nima talab qimasdim. U menga qanday qarasa menam uni shunday bag’rimga olardim. Shu fikrlarni xayolidan o’tkazib uyquga ketdi.


Beklar


Abdulaziz bu kech uxlolmadi. Oxirgi vaqtlarda Otabekning homush yurishi Abdulazizda xavotir uyg’ota boshladi. Aniq esida bor xali o’smirlik chog’larida Otabek sog’lig’i haqida so’zlab bergandi. Hozir shu gaplari esiga tushdi. Otabek tug’ilganida yuragi kuchsiz, nozik bo’lgan ekan. O’smirlik davrlarida ham Otabek tez-tez yuragi sanchiyotganini aytib turardi. Abdulazizning xayoliga shu fikrlar kela boshladi. Negadir yuragi g’ashlandi. Do’stimi hech kim yoniga olib, dalda bo’magan. Agar akasidan keyin birorta qarindoshi
Yuklash txt | fb2
1 2 3 >>
Onlayn: 4 | 0 | 35
A'zo bo'lish