Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish A‘zo bo‘lish
Kutubxona | Hayotiy!

Kasal bola

Qo'shdi:@@@ @@@ (09.05.2020 / 10:51)
Reyting:rating 2025 article (2)
Oqilgan:41
Fikrlar:0
Oyijonim, yig'lamang,
Hali yoshman, o'lmayman.
Asta turib olsam bas,
Boshqa kasal bo'lmayman,
Oyijonim, yig'lamang.

Qilmading deb nonushta
Xafa bo'lmang unchalik.
Bu kech yedim tushimda
Sutdek o-oppoq kulchani,
Oyijonim, yig'lamang.

Dorilarni ichvoldim,
Bo'ldim yana <<zo'r polvon>>.
Bilasiz-ku, avval ham -
Aldamasdim hech qachon,
Oyijonim, yig'lamang.

Tuzalvolsam, shaharga -
Borar edik Siz bilan...
Balki dadam kepqolar
Yarashgani biz bilan...
Oyijonim... Yig'lamang...

Yo', yo'... qo'rqmang, o'lmayman,
Ko'p deysizku havasim...
Ix-x! Tugmamni yechvoring...
Qisilyapti nafasim...
Oy - y... joni - i - m...
Yuklash txt | fb2
Onlayn: 2 | 1 | 42
A'zo bo'lish