Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish A‘zo bo‘lish
Kutubxona | { HiKoYaLaR }
1 2 >>

JUFTIHALOLIM

Qo'shdi:Povelitel Stixiy (21.12.2019 / 06:12)
Reyting:rating 1994 article (0)
Oqilgan:124
Fikrlar:0
JUFTIHALOLIM

Hayollar zanjiri yoxud
mukammal juftihalol>>
Anora kiyimlariga dazmol urar
ekan, onasi kiyasan deya atay
harid qilgan kiyimlarni bir kiyib
ko'rgisi keldi va plastik paketdan
hali chiqarilmagan ikki - uchta
rang-barang ko'ylaklar orasidan
pushti ranglisini tanladi. Ko'ylak
shu qadar nozik did bilan
bezatilgan edi-ki, Anorani dili
orziqib ketdi. Ochiq pushti
rangdaligi esa ruxga o'zgacha
sokinlik bag'ishlar edi. Kiyib
ko'rgach oyna qarshisiga borib
g'amgin qiyofada o'zini kuzatdi.
Bir necha yildan buyon quyosh
ko'rmagan oppoq bilaklari
ko'ziga g'alati ko'rindi. Tizzalari
ustida turgan etaklari bejirim
gullar bilan bezatilgan ko'ylak
unga juda yoqgan bo'lsada
"Hech
qachon kiymayman" deb
pichirladi. Tovonlarini upib
turuvchi yubkasini va faqatgina
barmoqlari ko'rinib turadigan
yengi uzun koftasini kiygach,
ro'molini bo'yni bilan yopib
o'radi va ro'molni bir chetini gulli
broshka bilan tang'ib qo'yar
ekan oynadagi aksiga mamnun
boqdi. "Ro'molda har
qachongidan ham go'zalman"
dedi afsus bilan. So'ng onasining
"Yana qancha yasanasan?"
degan
achchiq ovozidan seskanib tezda
ro'molini yechdi. Aftini
bujmaytirib "Hozir" deb baqirdi.
Negadur onasidan qattiq ko'ngli
qolgandi. Bu o'ziga ham
yoqmasada, lekin onasiga
chiroyli
muomala qilishni uddasidan
chiqa olmasdi.
Supada gazeta o'qib o'tirgan
onasini yoniga o'tirar ekan,
dilidagi so'nggi umid uchqunini
so'ndirish uchun gap boshladi:
-Oyijon, bir marta iltimos qilsam
maylimi? -u ovozini eng mayin
torlarini sozlab gapirardi.
-Bormayman degan iltimosdan
tashqari hammasi qabul qilinadi.
-dedi onasi gazetadan boshini
ko'tarmay. Anora esa ranjiganini
yashirib o'tirmadi.
-Oyi, umuman noto'g'ri bu ish.
Tanimagan, bilmagan odamim
bilan bog'da yolg'iz uchrashish.
Aql bovar qilmaydi. Iltimos, shu
gazetangizni bir zumga
yig'ishtirib turing, oyi! -bu gal
ozgina ovozini balandlatdi.
-Uf-f! Yana shu ilvirashiga bir
necha kun qolgan kiyimni kiyib
oldingmi? -ko'zoynagini yechar
ekan norozi to'ng'illadi Soxiba
opa.
-Oyi, men kiyim haqida emas,
manashu bo'lmag'ur uchrashuv
haqida gaplashib olmoqchiman.
-Nega bo'lmag'ur bo'lar ekan?
Mayda - chuyda gaplarni qo'y
qizim.
-Oyi, sizga hech ham
tushunmayman. Qanday xotirjam
javob beryapsiz, qizingiz besh
begona bir yigit bilan
uchrashuvga ketyapti. Eshitgan
quloqqa yomon emasmi?
-E, qo'ysangchi qizim. Odamlar
nima ham derdi. Ko'zingni och,
XXI asrda yashayapmiz
bolajonim, sen o'qiyotgan
kitoblardagi zamonlar o'tib ketdi.
Hozir hamma shunaqa qilyapti. -
kalaka qilgandek javob berdi
ona.
-Shunaqa deng! -xo'rligi kelib
jilmaydi Anora. Ko'ziga esa yosh
to'ldi. Onasining o'z qizi
taqdiriga
bu qadar befarqligi Anorani
borgan sari hayratga solar edi.
Anora uydan chiqar ekan, onasi
iltijoli ohangda dedi:
-Qizim, o'tinaman bu gal ham
bemani savollaring bilan yigitni
boshini qotirma! Ota - onasi juda
yaxshi insonlar. U senga mos juft
qizim, baxtingni boy berma!
-Oyi, unda uchrashuvga chiqmay
qo'ya qolay, siz rozi
ekanligingizni aytasiz. -dedi
Anora onasining gaplaridan
biroz og'rinib.
-Yo'q qizim, bunaqa demoqchi
emasman. Shunchaki sovchi
kutishdan charchadim. Har kuni
dasturxon tuzab, har biriga har
xil muomala qilishdan juda
charchadim. -Soxiba opa xuddi
qizini fe'lini bilmaydigandek
dardini yordi.
-Unda darvozani tepasiga "Jonga
tegdinglar!" deb yozib qo'ying. -
javob berdi u hozirjavoblik bilan.
-Jizzakilikni bas qilginda, yaxshisi
xonangga kirib kiyimingni
alishtirib chiq! -asabiy buyurdi
ona.
-Kiyimimga nima qilibdi? -xunobi
oshib, jaxlini zo'rg'a tiyib gapirdi
Anora.
-Sen manzilingga yetmasingdan
chalishib, yiqilasan bu turishda.
O'rniga men kecha olib kelgan
kiyimlarni kiy! -ona ovoziga
iltijoni muxrlab so'zladi bu gal.
-Oyi, nimalar deyapsiz? Siz onaga
emas, shaftoli sotuvchi xotinga
o'xshab ketasiz ba'zan. -
Anoraning ko'zidan yoshlari sizib
chiqdi.
-Qanday qilib o'z
jigarbandingizga shu shaytonni
kiyimini kiy deya buyuryapsiz? -
endi g'azab sezila boshladi uning
gaplarida. -Yenggiga kelganda
mato yetmay qolgan, tizzani ham
yopmaydigan o'sha
ko'ylaklaringizni egasiga
qaytarib
bering, men hech qachon
kiymayman. -u ko'z yoshini artib,
ko'chaga yo'nalar ekan
onasining qiliqlaridan xo'rligi
keldi. Ona qanday qilib o'z qizini
ochiq - sochiq kiyimlarda
ko'chaga chiqishga undashi
mumkin...?
U yo'lda ketar ekan o'tgan galgi
uchrashuv yodiga tushib labini
burdi. "Agar bunisi ham shunaqa
betamiz, surbet bo'lsa, salom -
alikni ham nasiya qilib uyga
qaytaman, oyimning
javrashlariga ko'nikib ham
qoldim." deya hayolidan o'tkazdi.
Hayollari cho'zilib ketdi. Bir
nechta avtobusni o'tkazib
yubordi va yayov ketishga qaror
qildi. Hayollari yana o'sha o'zi
hayolan yaratgan insoniga ketdi.
Do'ppilari qanchalar o'ziga
yarashadi. Zangori, go'zal ko'zlari
atrofga bejo alanglamaydi. Qora
quyuq qoshlari hammanikidan
chiroyli bo'lsada uni kibrli
bo'lishiga aslo sabab bo'la
olmaydi. U uchun juda tanish
bo'lgan bejirim lablar esa hech
qachon nomaqul so'zlar uchun
harakatga kelmaydi. Hatto
pichirlab bo'lsada sharmsiz
so'zlarni so'zlamaydi. U o'zgacha,
u hech kimga o'xshamaydi. U
hayollar og'ushida ketar ekan
so'mkasining yon tomonidagi
cho'ntagiga qo'lini olib bordi va
besh yil oldin o'z qo'llari bilan
chizgan, doim o'zi bilan olib
yuradigan suratni qo'liga oldi.
Unga mehr ila tikildi. Hech
qachon bunday mukammal
insonni uchratmasligini o'ylab
o'kindi. Suratni orqa tomonini
o'girib o'zi bitgan yozuvlarni
pichirlab o'qiy boshladi: "Ko'zlari
tundek qop-qora bo'lmasada,
ammo juda chiroyli. Lablari
jilmaysada, ko'zlari mungli.
Qanaqadur dard yashirin bu
ko'zlarda. Barcha bilan ham
o'rtoqlashavermaydi dardlarini.
Chetdan qaraganda hech qanday
kamchilik yo'q. Ota-onasi,
yaqinlari salomat. Biroq
ko'zlarida mung qotib qolgan.
Balki o'ziga sezilmas, ammo men
anglay olaman.
Negadur ko'pchilik ichida o'zini
chetga tortib turadi. Odamlar
buni "kibr"ga yo'yishadi. Ammo
bu aslo kibr emas. Tashqaridan
qaraganda qanchalik kibrli
ko'rinsa, aslida shunchalik
samimiy, mehribon... Yuzlaridan
o'zgacha nur taralib turadi.
Hamma uchun kibrli va man-man
ko'rinsada, menga samimiy
holatda ko'rinadi. Ko'cha - kuyda
boshini baland ko'tarib yuradi.
Ochig'i uni ilk bor ko'rgan inson
juda badavlat va qo'pol yigit deb
o'ylaydi. Aslida esa qo'pol emas
u.
Juda ham shirinsuxan. Faqat
hammaga emas. Diliga yaqin
insonlargagina yaxshi
muomalada bo'ladi. Tabiiyki bu
ko'pchilikka yoqmaydi. Odam
ajratish deya baholashadi.
Unga ko'p gapiruvchi insonlar
yoqmaydi. Unaqalarni oldida
ozgina bo'lgan tabassumi ham
yo'qoladi. Balki o'zi kamgap
bo'lganligi uchundir.
"Ichimdagini top!"
deydiganlardan u...
Kunlardan bir kun u bir qizni
uchratadi. Xuddi orzu qilganidek.
Ba'zi qizlarga o'xshab o'zini ko'z-
ko'z qilish uchun har kuyga
solmaydi sochu, yuzini. "Borim
shu, qanday bo'lsam,
shundayligimcha sev."
deydiganlardan. Ammo uning
ham ko'zlarida
Yuklash txt | fb2
1 2 >>
Onlayn: 2 | 0 | 43
A'zo bo'lish