Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish A‘zo bo‘lish
Kutubxona | Ota Ona

Dadamni sog'inib yig'layman

Qo'shdi:TaBasSuM . . . . . (18.10.2019 / 13:59)
Reyting:rating 1980 article (1)
Oqilgan:43
Fikrlar:Fikr bildiraolmaysiz
Sizning dunyongizga sig'mayman, do'stlar,
haftalab uyimdan chiqmayman, do'stlar.
Kulguli tuyular balki holatim-
Dadamni sog'inib yig'layman, do'stlar.

Meni Yaratgandan tortiq biladi,
hatto otasidan ortiq biladi.
Yostiqdoshim emas, yostiq biladi,
Dadamni sog'inib yig'layman do'stlar.

O'ttizdan o'tdim-u dard o'ta qolmas,
Ko'ksimga muz bossa, sovuta olmas,
Bugun meni onam ovuta olmas-
Dadamni sog'inib yig'layman, do'stlar.

Hurmatim joyida, izzat joyida,
Ulug' ustozlarim so'zi-qoida.
Xalqimning boshida, podsho poyida
Dadamni sog'inib yig'layman, do'stlar.

Ko'nglimga kelganni qaytarmay yozib,
Ko'ngillarda qo'noq bo'ldim munosib.
Ko'ngilchan o'g'limni bag'rimga bosib,
Dadamni sog'inib yig'layman, do'stlar.

Hasratimga quloq soling turganlar,
Teran hayollarga tolib turganlar,
Menga jannatdan joy olib turganlar,
Dadamni sog'inib yig'layman, do'stlar.
Yuklash txt | fb2
Onlayn: 1 | 0 | 49
A'zo bo'lish