Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish A‘zo bo‘lish
Kutubxona | Hayotiy!

Ayollar

Qo'shdi:!!!!! Binafsha !!!!! (24.08.2019 / 06:19)
Reyting:rating 1973 article (0)
Oqilgan:57
Fikrlar:0
Dunyo, ko'nglim mo'jizang asiriga aylandi,
Kamalakning jilosi hayolimga joylandi.
Tarifi yo'q narsaning tarifiga shaylandi,
Voqelikka aylaning, bosh ko'taring hayollar,
Qo'shiqlarim qasriga tashrif qildi ayollar.
Bormi ona tarifin intixosi, iloji,
Ayol zodi dunyoda insoniyat gultoji,
Shungamikin qizli uy muhabbatning meroji,
Shu tufayli dunyoni mavf etolmas zavollar,
Abadiylik siz bilan abadiydir ayollar.
O'xshamaydi misolin quyosh desam, oy desam,
Kamga o'xshar timsolin gul bo'yidan boy desam,
Undan jannat timsoli nusxa olgan joy desam,
Hammasi rost, bari rost yana kamdek misollar,
Buyuklar ham o'zinggiz, suyuklar ham ayollar.
Mo'jizaga o'xshaydi kelin tushgan xonadon,
Ayol bilan ko'rkamdir xar go'sha, xar oshiyon,
Farzandlik uy gulzordir, Ona bog'u bo'ston,
Aslo zavol ko'rmasin u bo'stonda nixollar,
Bu dunyoning shodligi o'zingizsiz ayollar.
Sizni quvnoq, shod ko'rsam qolmas dilda dog'lar ham.
Qayg'ursangiz dosh bermay cho'kib ketar tog'lar ham,
Shunga balkim bosh qo'ygan poyingizga shoxlar ham,
Rivoyatu, ertakda muxrlangan bu hollar,
Xaqligiga shak yo'qdir ey mo'tabar Ayollar.
.
Yuklash txt | fb2
Onlayn: 3 | 1 | 32
A'zo bo'lish