Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish A‘zo bo‘lish
Kutubxona | Hayotiy!

Sherimda gʻamgin yashayman

Qo'shdi:!!!!! Binafsha !!!!! (24.08.2019 / 05:54)
Reyting:rating 1972 article (1)
Oqilgan:66
Fikrlar:0
Kimgadir yoqmabdi g'amgin so'zlarim,
Zulmatdan quvonchning tongin yasayman
Hayotni menchalik sevgan bormikan,
Men faqat she'rimda g'amgin yashayman.
Har joydan ezgulik izlab topaman,
Orzuning ortidan tinmay chopaman,
Ko'nglim ko'targanning izin o'paman,
Men faqat she'rimda g'amgin yashayman.
Yurakka begona qayg'u - alamlar,
Meni egolmaydi aslo sitamlar,
Hech kim kulolmaydi menday, odamlar,
Men faqat she'rimda g'amgin yashayman.
Menga azob bering, yig'lagan nomard,
Xushchaqchaq dilimga yuqtirmayman gard,
Kulib qarshi olgum, kelganda ham dard,
Men faqat she'rimda g'amgin yashayman
Yuklash txt | fb2
Onlayn: 1 | 1 | 32
A'zo bo'lish