Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish A‘zo bo‘lish
Kutubxona | Ota Ona

FAQAT ROSSIYA KETMANG DADAJON

Qo'shdi:(((( BEDBOY )))) (12.05.2019 / 09:01)
Reyting:rating 1898 article (1)
Oqilgan:17
Fikrlar:1
Mayli marojniyla olib ham bermang
Mayli velosiped minmay dadajon
Menga to'ylar ham qilib bermang
Faqat Rossiyaga ketmang dadajon

Boshlagan uyimiz mayli bitmasin
Eski jigulimiz joydan jilmasin
To'yimga Ozodbek mayli kelmasin
Faqat Rossiyaga ketmang dadajon!

Dam olsayiz oyog'im uchida yuray
Tur degan joyizda jimgina turay
Bitta marojniga aldanmay o'lay
Faqat Rossiyaga ketmang dadajon!


So'zlashsam suratdan chiqmaydi sado
Otaning mehriga bo'ldimku gado
Pulingiz hech qachon bulmasin ado
Faqat Rossiyaga ketmang dadajon!


To'pladim qoldirmay arg'umchoqlarim
Bitta ham qoldirmay o'yinchoqlarim
Rossiyaga berayin ovunchoqlarim
Faqat Rossiyaga ketmang dadajon!

Ishingiz doimo o'ngidan kelsin
Iloyo baxt qushi bowizga qo'nsin
Uyda ham kissangiz dollarga to'lsin
Faqat Rossiyaga ketmang dadajon!

Katta bo'lsam sizga Neksiya oberay
Bitmagan uylarni o'zim bitiray
Oyim ikkingizni xajga oboray
Faqat Rossiyaga ketmang dadajon!

Ekkan rayxonlariz aslo so'lmasin
Buvim aygan so'zlar ikki bo'lmasin
Onamning ko'zlari yoshga to'lmasin
Faqat Rossiyaga ketmang dadajon!

Bobomning tushlari o'ngidan kelsin
Siz mingan poyezdlar to'xtamay yelsin
Ollox duolarim ijobat qilsin
Faqat Rossiyaga ketmang dadajon!

Tirikchilik judo qilmasin bizni
Ulg'ayib bosmayin siz bosgan izni
Bir kuni men ham tashlab sizni
Rossiyaga ketib qolmay DADAJON...!
Yuklash txt | fb2
Onlayn: 3 | 1 | 40
A'zo bo'lish