Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish A‘zo bo‘lish
Kutubxona | Soginch

Ilhom Ibrohimov

Qo'shdi:Sh _ Karimova (12.03.2019 / 15:26)
Reyting:rating 1871 article (8)
Oqilgan:66
Fikrlar:1
screenSeni sog`inmoq – dengizda suzmoq,
Oh, nega sog`indim shunchalar yomon?
Sen bilan sevishmoq – tig` uzra yurmoq,
Oh, nega sevishdim, oxiri qandoq?

“Meni sevasizmi?”, deya so`rading,
“Yo`q, yo`q, yo`q”, dedim asta seskanib.
“Sog`inarsiz”, deding “balki har zamon?”,
“Yo`q, yo`q, yo`q”, dedim asta uyalib,
Asta uyalib.

Seni sog`inmoq – dengizda suzmoq,
Oh, nega sog`indim shunchalar yomon?
Sen bilan sevishmoq – tig` uzra yurmoq,
Oh, nega sevishdim, oxiri qandoq?

Yashayman sevib, sendan ham yiroqda,
Yashayman sevib, yoningda firoqda.
Aslida yurak-chi qo`ymas iymanib,
Sog`inib boryabman kundan-kun yonib.
Kundan-kun yonib…

Seni sog`inmoq – dengizda suzmoq,
Oh, nega sog`indim shunchalar yomon?
Sen bilan sevishmoq – tig` uzra yurmoq,
Oh, nega sevishdim, oxiri qandoq?
Yuklash txt | fb2
Onlayn: 4 | 0 | 40
A'zo bo'lish