Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish A‘zo bo‘lish
Kutubxona | { HiKoYaLaR }

Toʻyxonada toʻkilgan yoshlar. (Yakuni)

Qo'shdi:BoBuR ShoX BoBuR ShoX (07.02.2019 / 22:03)
Reyting:rating 1833 article (1)
Oqilgan:77
Fikrlar:2
Qaltiroq ovozda qo'shiqni boshladim:
Sovchi kelar gulim bugun uyingizga.
Oppoq libos kiyar bo'ldiz egningizga.
Aytarmisiz jonginam siz to'yingizga?
Yor-yor aytib uzatayin o'zim sizni.
Hech yoshlamang jonim humor ko'zingizni.
Unga ko'zlarizni yoshlamang deymanu, o'zimni ko'zlarimdan yoshlar quyilib kelar edi.
Naxot sevgim aylanmoqda armonlarga.
Kuz misoli burkanmoqda xazonlarga.
Qaytolmasman sevgi to'la bahorlarga.
Alamlardan ko'z yoshlarim daryo bo'ldi.
Yurakkinam sevilmayin kuydi, o'ldi.
Hozirda begona insonga yor bo'lgan qiz bilan o'tkazgan damlarimni eslar ekanman, nega menga emas o'zgaga yor bo'ldi? Deya o'zimga savol berar edim.
Esga olib o'tgan shirin damlarimni.
Ichga yutib yasharman men g'amlarimni. Alamlardan tishlar bo'ldim lablarimni. Begonaga yor bo'lyapsiz jonim nechun.
Baxtsiz bo'ldim baxtli bo'ling siz men uchun!
Shu joyida qo'shiq tugash kerak edi. Ammo muhabbatim endi batamom so'nganini his qilib, quydagi satrlarni to'yxonada, qo'limda mikrafon tutib, ko'zimda yosh bilan, yerga qaragan holda ayta boshladim:
Muhabbatim qissasi ham ado bo'ldi.
Sevgim guli ochilmayin turib so'ldi.
Sizning g'arib xofiziz ham endi o'ldi.
Sizdan bo'lak o'zgani men sevolmasman.
To'yingizda yor-yorni ham aytolmasman.
Qo'shiq tugadi, to'yxonada hech kim yo'qday jimjitlik hukumronlik qilar edi. Qayoqdandir kuch topib, gapira boshladim:
Bu qo'shiq matnini bir do'stim yozib bergan edi. O'z muhabbat tarifini ham aytib bergan menga. O'zi harakterim shunaqa, ko'nglim bo'sh. Yig'lab qo'shiq aytganimga ko'pchilik hayron bo'lgandir albatta. Shu qo'shiqni aytayotganimda doim ko'zimga yosh keladi. Chunki qo'shiq matni muallifi bu dunyoda yo'q. Shuni eslab ko'zimga yosh oldim. To'g'ri tushunasizlar degan umiddaman. Etiboringiz uchun raxmat.
Shunday dedim va mikrafonni ustozimga berib to'yxonadan tashqariga qarab yo'l oldim. Ortimdan qarsaklar chalinganini eshitdim. Lekin bundan hursand emasdim. Chunki bu menga muhabbatim qissasi fojiyali yakun topgani uchun, odamlar hursandlikdan qarsak chalganday tuyilar edi. Armon bo'lgan sevgilim uchun ko'z yoshlarimni so'ngi tomchilarini u kelin bo'lgan to'yxona ostonasiga to'kib ketdim.
Yuklash txt | fb2
Onlayn: 5 | 3 | 21
A'zo bo'lish