Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish A‘zo bo‘lish
Kutubxona | { siHaT saLomaTLiK }

Ismaloq va jag`-jag`ning foydali xususiyatlari

Qo'shdi:!!!*!_RoMa_DaYd_!*!! (14.03.2017 / 07:01)
Reyting:rating 1200 article (0)
Oqilgan:583
Fikrlar:Fikr bildiraolmaysiz
Ismaloq va jag`-jag`ning foydali xususiyatlari

Qadim-qadimdan momolarimiz bahoriy ko`katlardan pishiriqlar, turli taom va boshqa egluliklar tayyorlashgan. Bu bejizga emas, albatta. Ismaloq, jag`-jag`, yalpiz kabi ko`katlarning inson organizmiga keltiradigan foydasi behisob.

Avvalambor, bu kabi ko`katlar qish bo`yi sarxil ne`matlarga tashna bo`lgan tanaga kuch-quvvat bag`ishlaydi. Quyida bahor ko`katlarining foydali xususiyatlarini sanab o`tamiz.

Ismaloq — anemiyani davolaydi va immunitetni yaxshilaydi

Ismaloqda katta miqdorda mineral tuzlar (birinchi navbatda temir birikmalari), shuningdek, ko`pgina vitaminlar (A, V, R, S, RR, D) va turli mikroelementlar, oqsil, yod bor. Ayniqsa. anemiyaga chalinganlarga bu ko`kat juda foydali.

Qish bo`yi vitamin tanqisligidan qiynalgan organizm ismaloq orqali kerakli moddalarni oladi. Ismaloqning foydalari:

— immunitetni yaxshilaydi;

— tomirlarni mustahkamlaydi;

— oshqozon osti bezi faoliyatiga yordam beradi;

— gipertoniyaning oldini olishga xizmat qiladi;

— engil surgi ta`siri ko`rsatadi;

— hujayralarning qarishini sekinlashtiradi.

Bundan tashqari, asab faoliyati buzilgan va qattiq toliqqan kishilarga ham ismaloqning foydasi katta.
Ich yaxshi yurishmagan va qorin dam bo`lgan mahallarda 10 gramm ismaloq bargini bir stakan suvda qaynatib, ichilsa, ichaklar ishi ancha ravonlashib, qorin damligi kamayadi.
Milklar yallig`lanishida og`izni, bodomsimon bez og`riganda tomoqni ismaloqning yangi olingan suvi bilan chayqash foyda beradi.
Ismaloq bargining qaynatmasi asab tizimi faoliyati buzilganda tinchlantiruvchi vosita sifatida ichib turiladi. Qaynatma tayyorlash uchun 1 osh qoshiq to`g`ralgan ismaloq 200 gramm suvda 10 daqiqa qaynatiladi va 1 soat tindirib qo`yiladi. Suzib olib, kuniga 3 mahal yarim piyoladan ichib turiladi.
Ismaloqni bolalarga ko`p bermagan ma`qul. Chunki uning tarkibida shovul kislota ko`p bo`lib, buyrak, jigar, o`n ikki barmoq ichak va o`t pufagi faoliyatini salbiy ta`sir ko`rsatadi. Mazkur a`zolari kasallangan bemorlar ham uni iste`mol qilishdan tiyilishlari lozim.
Ismaloqning qari barglariga, ayniqsa, shovul kislotasi ko`p bo`ladi, shuning uchun yangi barglarini ishlatish kerak. Qolaversa, uni ko`p saqlab bo`lmaydi, aks holda tarkibida organizm uchun zararli tuzlar ko`payib ketadi.

Jag`-jag` qon bosimini tushiradi!

Organizmga kerakli bo`lgan biologik faol moddalarni erta bahorda o`sib chiqqan o`simliklarning yosh barglaridan, shu jumladan jag`-jag` bargidan olish mumkin. Jag`-jag` ishtaha ochadi, me`da shirasini ajralishini yaxshilaydi, engil surgi va o`t haydash ta`siriga ega. Jag`-jag` urug`i xantal (gorchisa) va qalampir o`rnida ziravor sifatida ovqatga ishlatiladi. Er ustki qismi tarkibida qandlar, flavonoidlar (diosmin va boshqalar), organik (limon, olma, fumar, vino) kislotalar, efir moyi, saponinlar, vitamin S, V2 va K, karotin, inozit, xolin, asetilxolin, oshlovchi va boshqa moddalar bor. Urug`i o`z tarkibida 28 foizgacha yog` va oz miqdorda siningrin glikozidi saqlaydi.

Tabobatda qo`llanilishi

Jag`-jag` asosan turli qon oqishlarda (bachadon, me`da, o`pka, buyrak, burundan va yaralardan qon oqqanda, bavosil kasalligida) ishlatiladi. Yaralardan, shilingan joydan va burundan qon oqishini to`xtatish uchun yangi yig`ilgan bargni ezib, qon oqqan joyga qo`yiladi. O`simlik damlamasi ichdan qon oqishini to`xtatadi. Buning uchun hamda isitma va ich ketganda damlamani ichishga beriladi. Tarkibida xolin va asetilxolin bo`lgani uchun jag`-jag` qon bosimini pasaytirish – gipotenziv, vitamin K bo`lgani uchun qon ivishini tezlatish, natijada qon oqishini to`xtatish ta`siriga ega. Shuning uchun jag`-jag` o`simligidan tayyorlangan damlama va suyuq ekstrakt ilmiy tibbiyotda qon oqishini to`xtatuvchi vosita sifatida akusherlik (tuqqandan so`nggi qon oqishni to`xtatish uchun) va ginekologik (kuchli va uzoq hayz ko`rishda) amaliyotida qo`llaniladi.
Yuklash txt | fb2
Onlayn: 3 | 2 | 46
A'zo bo'lish