Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish A‘zo bo‘lish
Kutubxona | { aDaBiYoT }

Ajab sehr...

Qo'shdi:@YoSuMaN@ (14.08.2016 / 09:47)
Reyting:rating 799 article (1)
Oqilgan:787
Fikrlar:Fikr bildiraolmaysiz
Ertalab yomg'ir yog'gan edi. Darvozaning temir panjaralarida suv tomchilari yaltiraydi. Ko'lmakda Quyosh jilolanadi muzdek tutqichdan ushlagancha, turib qoldim. Bir tomonda tilovat sadosi, bir tomonda alla. Ajab, ular bir-biriga xalaqit bermas, bir-birini rad etmas ikkalasi qo'shilib bahor nafasiga to'lgan osmonda qabriston yelkasidagi kuchala chiqargan teraklar ustida parvoz qilar edi:
"Rabbano-o, rabbano-o-o..." "Alla-yo, alla" ...
Ehtimol, dunyoning bu chetida turib, bir odam o'z seviklisiga aytgan dil rozini dunyoning narigi chekkasidagi odam tushunmas, ehtimol, dunyoning bu chetida turib, bir odam aytgan qo'shiqni dunyoning narigi chekkasidagi boshqa bir odam tushunmas. Ehtimol, dunyoning bu chekkasida turib, bir odam aytgan eng oqilona fikrni dunyoning narigi chekkasidagi boshqa bir odam tushunmas. Biroq dunyoning bu chekkasida turib, ona aytgan allaga dunyoning narigi chekkasidagi go'dak bemalol orom oladi. Nega shunaqa? Nahotki, go'dak tushungan narsaga biz tushunmasak? Ehtimol, buning boisi boshqa joydadir. Ehtimol, Ona tushungan narsani bizlar tushunmasmiz. Balki, shuning uchun ham Ona - tabiatning eng buyun ixtirosidir.
Ushbu parcha O'tkir Hoshimovning "Dunyoning ishlari" qissasidagi "Alla" hikoyasida olingan.
Yuklash txt | fb2
Onlayn: 1 | 3 | 51
A'zo bo'lish