Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish A‘zo bo‘lish
Kutubxona | Sevgi

Mensizlik yomonmi jonim

Qo'shdi:Baxt_va_Omad (11.06.2016 / 21:58)
Reyting:rating 371 article (0)
Oqilgan:512
Fikrlar:Fikr bildiraolmaysiz
. Yulduzlari ichikib qoldi, 
Mahzun endi oysiz osmonim. 
Sensizlikka ko'nikib bo'ldim 
Qanday ekan mensizlik,jonim! 
Ana,ko'zim ko'zingdan o'tdi, 
Qo'y,yashirma titroqlaringni. 
Xato qilding, o'zingdan o'tdi, 
Tishlayapsan barmoqlaringni. 
Endi nurga begona yuzing, 
Quyoshingning ranglari qani? 
Sig'mayapsan o'zingga o'zing, 
Hayotingning tonglari qani? 
Kechalaring o'zingdan g'arib, 
Armonlaring osmondan katta. 
Yuragingga termulib turib, 
Yig'layapsan birinchi marta. 
Uxlab qolgan tunlarning haqqi, 
Mening o'rnim boshqa bo'lakman. 
Yig'lab qolgan tunlarning haqqi, 
Men,bari bir, bir senga kerakman.
Yuklash txt | fb2
Onlayn: 5 | 0 | 42
A'zo bo'lish