Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish A‘zo bo‘lish
Kutubxona | { TaRixGa NaZaR }

Z.M.Bobur haqida biz bilgan va bilmagan 10 haqiqat.

Qo'shdi:JurNaliStkA (10.06.2016 / 10:59)
Reyting:rating 351 article (0)
Oqilgan:1433
Fikrlar:Fikr bildiraolmaysiz
1. Zahiriddin Muhammad Bobur 1483-yil 14-fevralda Andijonda dunyoga kelgan. Ota tomondan Sohibqiron Amir Temurga 5-avlod hisoblanadi.


2. Otasi Umarshayx Mirzo baxtsiz hodisa tufayli olamdan o`tgach, 12 yoshli Bobur Farg`ona taxtiga o`tirgan.


3 Bobur so`zi fors tilidan olingan bo`lib, "sher, yo`lbars" degan ma`noni anglatadi.


4. Bobur juda kuchli va baquvvat inson bo`lgan. Ikki yelkasida ikki odamni ko`tarib, qal`a devorlari ustida mashq qilgani aytiladi.



5. Bobur yo`lida uchragan har qanday daryoni suzib o`tar edi. Ikki marta Ganga daryosini suzib o`tgan.


6. Panjob hududlari qadimda Amir Temur davlati tarkibiga kirgani hisobga olinsa, Bobur Hindistonning butkul qonuniy hukmdori edi.


7. Bobur Hindistonga 5 marta yurish uyushtirgan. Beshinchi yurishi davomida Panipat jangida Ibrohim Lodiyni yengib, Hindistonni qo`lga kiritgan. 12 ming kishilik qo`shin bilan 100 000 askar va 1000ta fildan iborat katta qo`shinni mag`lub etgani tarixiy manbalarda qayd etilgan.


8. Bobur Hindistonda 3 asrdan ortiq hukm surgan imperiyaga asos solgan. Bu davlat Hindiston tarixida eng uzoq yashagan davlat hisoblanadi.


9. Bobur 4 o`g`il farzand ko`rgan: Humoyun Mirzo, Komron Mirzo, Askariy Mirzo, Hindol Mirzo. Biroq afsonalarda uning yana bir o`g`li bo`lgani aytiladi. Oltin beshikka solib tashlab ketilgan chaqaloqni ming urug`i oqsoqoli topib olib, voyaga yetkazadi. Ushbu "Oltin Beshik" afsonasi Qo`qon xonligi taxtini ming urug`i vakillari egallashi uchun asos bo`lgan.


10. Bobur Agrada vafot etgan va bo`lajak Toj Mahal qarshisida dafn etilgan. Keyinroq o`zining vasiyatiga ko`ra qabri Kobulga, Bog`i Boburiyga ko`chirilgan.
Yuklash txt | fb2
Onlayn: 3 | 3 | 47
A'zo bo'lish