Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish A‘zo bo‘lish
Kutubxona | { aDaBiYoT }

Sergey Yesenin. "Ona ibodati"

Qo'shdi:Mumtoza96 (21.05.2016 / 11:57)
Reyting:rating 251 article (0)
Oqilgan:1160
Fikrlar:Fikr bildiraolmaysiz
Qishloqning bir chetida,
Pastakkina uy turar,
Sajda qilib shu uyda,
Onaizor o'ltirar.
Yolg'iz o'g'lin eslar u,Yonib achchiq firoqda.
O'g'li esa yurt uchun,
Jang qiladi yiroqda.
Ona sajda qiladi,
Ko'z yoshlari shashqator.
Bir nuqtaga tikilgan,
Xayolida nelar bor?
Ko'z oldiga keladi: Keng dala-jang maydoni.
Jonsiz yotar maydonda,
Mard o'g'li-paxlavoni.
Ko'kragida jaroxat,
Qop-qora qon xar yog'i.
Qolmish jonsiz qo'lida,
Dushmanining bayrog'i.
Ona yuzin qoplar g'am,
Chimirgancha qoshini
.Asta suyar qo'liga,
Oppoq sochli boshini.
Yurak dardi yosh bo'lib,
To'lib kelar ko'ziga.
Marjon-marjon tomchilar,
Oqib tushar yuziga.
Yuklash txt | fb2
Onlayn: 2 | 1 | 31
A'zo bo'lish