Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish A‘zo bo‘lish
Kutubxona | Sevgi

Bilmaysizda

Qo'shdi:!!!! Binafsha !!!! (09.08.2019 / 15:06)
Reyting:rating 1952 article (0)
Oqilgan:71
Fikrlar:6
​​Dilimda avaylab asragan so'zim
Tilimga ko'chmagan titroq sevaman
Xali siz bexabar bundan azizim
Bilmasangiz bilmang sizni sevaman

Tushimda visoldan makon kutaman
O'ngimda xayoldan taskin topaman
Kelmaysiz bilaman, lekin kutaman
Ko'zim yo'lingizda mushtoq sevaman

Qalamdan sochilar yozsam gul isi
Qiqirlab qog'ozning kelar kulgisi
Afsona bo'lmasin Layli sevgisi
Sizni eng kamida shundoq sevaman

Balki payqamassiz qilmassiz parvo
Ko'zimdan muxabbat quyilar illo
Sizni o'zimdan xam qizg'onib xatto
Sizdan ko'ra ko'proq sizni sevaman..
Yuklash txt | fb2
Onlayn: 3 | 0 | 37
A'zo bo'lish