Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish A‘zo bo‘lish
Kutubxona | { TaRixGa NaZaR }

Aleksandr Makedonskiy

Qo'shdi:A_Z_I_Z_ (26.04.2016 / 01:20)
Reyting:rating 183 article (0)
Oqilgan:935
Fikrlar:Fikr bildiraolmaysiz
Aleksandr, Iskandar Maqduniy (Sharq mamlakatlarida Iskandar, Iskan-dar Zulqarnayn nomi bilan mashhur) (mil. av. 356, Pella — 323.13.6, Bobil) — ma-kedoniyalik sarkarda va davlat arbobi. Makedoniya podshosi Filipp II va uning rafiqasi Olimpiadaning o‘g‘li. Aristo-teldan ta’lim olgan, harbiy ishni ot-asidan o‘rgangan. 336 y. Filipp II fitna-chilar tomonidan o‘ldirilgach, Makedoniya taxtiga o‘tirgan. 334 y. A. Eronga yurish boshlaydi; bu bosqinchilik urushi otasi Filipp II davridayoq boshlangan bo‘lib, uning o‘limi tufayli to‘xtab qolgandi.A. qo‘shinida sarkardalardan Anti-patr, Parmenion, Ptolemey Lag va boshqa, shuningdek 30 mingga yaqin piyoda jangchi, 5 ming otliq, yengil qurollangan yordamchi otryadlar va 160 kema bo‘lgan. A. Granik (334 y.), Iss (333 y.) va Gavgamela (331 y.) janglarida Doro III qo‘shinlarini yeng-gan. A. Eronning markaziy shaharlari — Bobil, Suza, Persepol, Ekbata-na hamda Misrni egallagan. A. 329 y. Baqtriyani egallagach, satrap Bess, Oke (Ukuz, Amudaryo) dan kechib o‘tib, Navtaka (Qashqadaryo vohasi) ga chekingan. Ammo Bess tezda qo‘lga olinib, qatl etilgan. So‘ng , A. Samarqand (Marokanda) ni egallab, Sirdaryo tomon yo‘l oladida, u yerda shahar barpo etib, uni Aleksandriya Esxata (Chekka Iskandariya) deb ataydi. Umuman A.ning O‘rta Osiyoga nisbatan bosqinchilik siyosati qattiq qarshilikka uchragan.Usrushonadagi yettita shahar-qal’a A.ga qattiq qarshilik ko‘rsatgan. Bu-larning ichida eng kattasi — Kiro-pol bo‘lib, Kir II uni boshqa shahar-qal’alarga nisbatan baland devor bilan o‘rattirgandi. Uning ichida mahalliy aholining ko‘pchilik qismi, eng jangovar jangchilar to‘plangandi. A. shahar atro-figa xandaq qazittirgan, manjaniqlar (devorteshar mashinalar) bilan devorning bir necha yeridan teshik ochib, u yerdan shaharga bostirib kirmoqchi bo‘lgan. Bu urinishi natijasiz chiqqach, u harbiy hiyla ishlatib, shahar ichidan o‘tgan quruq daryo o‘zani orqali o‘zining xos jangchilari bilan shaharga kirgan. Kiro-pol mudofaachilari bilan A. jangchilari o‘rtasida shiddatli jang bo‘lgan. Unda A. boshi va bo‘yniga tosh tegib yarador bo‘lgan, bir qancha lashkarboshilari (Kra-ter va boshqalar) kamon o‘qidan shikastlangan. Makedon qo‘shini katta qiyinchilik bilan shaharni egallagan. Shahar mudofaachi-lari (jami 15 ming) dan 8000 ga yaqini halok bo‘lgan, qolgani ichki qo‘rg‘onga yashiringan, so‘ng tashnalikdan qiynalib taslim bo‘lgan. Makedon qo‘shini qolgan shaharlarni ham shu tariqa qiyinchilik bilan egallagan. A. mahalliy xalqning ja-soratidan shu qadar xavotirga tushganki, Ptolemeyning aytishicha, u o‘z jangchi-309lariga asir olingan kishilarni bo‘lib berib, to bu mamlakatdan chiqib ketma-gunlaricha ularni zanjirband holda saqlashni topshirgan.A. Sug‘diyonada Spitamen qo‘zg‘olon ko‘tarib, Marokandani qamal qilgani (q. Spitamen, Spitamen qoʻzgʻoloni) va Ta-nais ortidan saklar podshosining ukasi Kartazis boshchiligidagi katta qo‘shin unga yordamga yetib kelgani haqida xabar-dor bo‘lgach, qo‘zg‘olonchilarga qarshi 2000 kishilik qo‘shin jo‘natib, o‘zi saklar tomon qo‘shin tortgan (q. Tanais daryosi bo‘yidagi jang). Mazkur qo‘shin tor-mor keltirilgach, A. shaxsan o‘zi katta kuch bilan Spitamenni dasht chegarasigacha ta’qib qilib borib, ortga qaytishda 120 ming-dan ortiq tinch aholini qirib tashlaydi, ko‘plab qishloq va qal’alarni vayron qiladi, ekinzor, bog‘-rog‘larni payhon etadi.A. mil. av. 329—328 yillar qishini Zariaspa (Balx, Baqtra)da o‘tkazadi. Bahorda uning huzuriga xorasmiy-lar podshosi Farasman 1500 jangchi-si bilan kelib o‘zaro ittifoq tuzishni taklif etadi. A. 328—327 y. boshida Sug‘diyonadagi tog‘lar ustida joylash-gan qal’alardagi qo‘zg‘olonchilarni bo‘ysundirishga juda ko‘p kuch sarflaydi, ularni mag‘lub qilgach, Oksiartning qizi Roxshanak (Roksana) ga uylanadi (q. So‘g‘d qoyasi, Xoriyen qal’asi va boshqalar). Mil. av. 327 y. yozida A. so‘g‘dlik Oropiyni So‘g‘diyona hokimi etib tayinlab, o‘zi Hindistonga yurish qiladi-da, Gidasp daryosi (Hind d. irmog‘i) sohilida katta qiyinchilik bilan podsho Por qo‘shini ust
Yuklash txt | fb2
Onlayn: 2 | 1 | 41
A'zo bo'lish