Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish A‘zo bo‘lish
Kutubxona | Anvar Sanaev

Onajonim

Qo'shdi:!!! Shunchaki Binafsha ?? (28.05.2018 / 07:09)
Reyting:rating 1768 article (2)
Oqilgan:502
Fikrlar:0
Goho mendan so`rashar “onajoning bormi?”, deb,
Goho mendan so`rashar “mehriboning bormi?”, deb.
Ko`zlarim yoshga to`lib, sizni esga olaman,
Sizni qo`msab onajon, g`amgin bo`lib qolaman.
Siz bo`lmagan olamda yig`lab, faryod qilaman,
Topolmayin izingizni, yurak-bag`rim tilaman.

Maxshar kuni ko`rishguncha, onajon,
Yolg`on dunyo tugaguncha, onajon.
Armon dunyo tugaguncha, onajon,
Ruhlaringiz shod bo`lsin-ey, onajon.

Goho mendan so`rashar “onajoning bormi?”, deb,
Goho mendan so`rashar “mehriboning bormi?”, deb.
Bu omonat dunyoda umr qisqa, yolg`on ko`p,
Onasidan ajralib, qon yig`lagan inson ko`p.
Sizsiz dunyo menga tor, aziz mehribonginam,
Sizni qo`msab, ko`nglim zor, aziz onajonginam.

Maxshar kuni ko`rishguncha, onajon,
Yolg`on dunyo tugaguncha, onajon.
Armon dunyo tugaguncha, onajon,
Ruhlaringiz shod bo`lsin-ey, onajon. (x2)
Yuklash txt | fb2
Onlayn: 6 | 2 | 43
A'zo bo'lish