Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish A‘zo bo‘lish
Kutubxona | Ulugbek Rahmatullayev

Anhor

Qo'shdi:!_A_Z_I_Z_! (31.08.2017 / 09:12)
Reyting:rating 1497 article (0)
Oqilgan:466
Fikrlar:Fikr bildiraolmaysiz
Uyg`onganda qizg`aldoqlar
Anhor bo`yiga shoshaman,
Shu anhorda qachonlardir
Seni ilk bor uchratganman.

Shahlo ko`zlaringga boqib,
Silagandim sochlaringni.
Yulduz tunni yoqtirgandek,
Yoqtirardim nozlaringni.

Bir kun sendan ayrilishim
Xayolimga ham kelmasdi,
Men-ku, jondan ortiq sevdim,
Sening qalbing sevolmadi. (x2)

Iforin sochgan gulga qo`nar kapalak,
O`sha gul sen, oshig`ing men bo`lsam kerak.
Bahorni yoz alishdi, yopildi gullar,
Guldan ayrilib yig`laydi kapalaklar.

Yana qaytdim o`tmishimga,
Yarim ko`nglim yana siniq.
Agar bilsang, aytgin anhor,
Men sevgan qiz kimni sevar?

Unutgandir balki meni,
O`zga bilan band o`ylari.
Yoki meningdek pinhona
Yig`lab chiqar kechalari.

Ne azobga duchor bo`ldim,
Anhordir mening guvohim.
O`sha qizni uchratganim,
Sevganim – yolg`iz gunohim. (x2)

Iforin sochgan gulga qo`nar kapalak,
O`sha gul sen, oshig`ing men bo`lsam kerak.
Bahorni yoz alishdi, yopildi gullar,
Guldan ayrilib yig`laydi kapalaklar. (x2)
Yuklash txt | fb2
Onlayn: 1 | 3 | 48
A'zo bo'lish