Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish A‘zo bo‘lish
Kutubxona | Shaxzoda

Sirdoshim

Qo'shdi:Elizaa (10.04.2016 / 13:39)
Reyting:rating 135 article (0)
Oqilgan:529
Fikrlar:Fikr bildiraolmaysiz
Sening yoningda go’yo begona,
Go’yo yurakda bo’m-bo’shli tunlar.
Sehrli onlar, sehrli damlar
Xuddi tush kabi meni tark etar.

Qani mehribonim, o’zing darddoshim, sirdoshim,
Sadoqatim sen uchun, jonim, sensan hayotim.

Sadoqatim sen uchun, jonim, sensan qanotim.

Uzoqdan yurak uzatar qo’lin,
Bora olmayman yoningga, essiz.
Axir tanlading shu taqdir yo’lin,
Qaylarda bo’lsang ham, Tangrim asrasin.

Qani mehribonim, o’zing darddoshim, sirdoshim,
Sadoqatim sen uchun, jonim, sensan hayotim.
Qani mehribonim, o’zing darddoshim, sirdoshim,
Sadoqatim sen uchun, jonim, sensan qanotim.

Qani mehribonim, o’zing bardoshim, sirdoshim,
Sadoqatim sen uchun, jonim, sensan hayotim.
Qani mehribonim, o’zing bardoshim, sirdoshim,
Sadoqatim sen uchun, jonim, sensan qanotim.
Yuklash txt | fb2
Onlayn: 2 | 0 | 42
A'zo bo'lish