Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish A‘zo bo‘lish
Kutubxona | { oiLa Va uNDaGi BaXT }

Er xotinning yoshi munosabatlarga tasiri 3-qism

Qo'shdi:!_A_Z_I_Z_! (17.12.2016 / 17:45)
Reyting:rating 1039 article (0)
Oqilgan:614
Fikrlar:Fikr bildiraolmaysiz
AYoL 3–4 YoSh KATTA BO‘LSA-ChI?

Yuqoridagi vaziyatlarga qaraganda nisbatan kamroq uchrasa-da, bunday oilalarda ham muammolar yo‘q emas. Norozilik ikki tarafdan ham chiqishi mumkin. Erkak o‘ziga nisbatan hurmatsizlikdan nolisa, ayol istaklari amalga oshmayotganidan shikoyat qiladi. Aslida esa o‘zaro uyg‘unlikka erishish kerak, xolos.

Umr yo‘ldoshingizning yoshi sizdan kichikligi bois uni rashk qilasiz, ba’zan «Men u istayotgan ayol bo‘lolayapmanmi?» kabi o‘y ham ta’qib qiladi. O‘zingizga ishonchingiz baland bo‘lsa, har qanday tannozni ortda qoldirasiz.

Gohida eringiz o‘zini noqulay sezayotgandek tuyuladi. Bundan chiqdi munosabatlaringizga o‘zgartirish kiritish lozim. Yetakchilikni unga topshiring. Ayollik makrini ishga solarsiz-a?!

Ayollar organizmiga xos almashinuv jarayonlari hamma qatori sizda ham sodir bo‘ladi. Ammo buning uchun avvaldan «nog‘ora chalish» shart emas. Asabni qanchalik ehtiyot qilsangiz, o‘zgarishlar shunchalik bilinmay kechadi.

Bilimdon va ustamon ayol bo‘ling. Toki turmush o‘rtog‘ingiz o‘zini beklardek sezsin. Shunda o‘rtangizdagi yosh farqi ham bilinmaydi.

Eng muhimi, yoshingiz haqida o‘ylashni bas qilsangiz, turmushingiz ham, munosabatlaringiz ham osoyishta bo‘ladi.

«Nega bizga ko‘zgu tutasiz, erkaklar-chi?» deya ranjimang. Juftingiz bosh bo‘lsa, siz bo‘yinsiz. Munosabatlarni yo‘lga solishda bosh rol sizniki! Muhimi, ijroni bo‘rttirib yubormang. Har qanday vaziyatda va har qachon juftingizni to‘rga chiqaring. Shunda yutqazmaysiz!
Yuklash txt | fb2
Onlayn: 2 | 0 | 42
A'zo bo'lish