Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish A‘zo bo‘lish
Kutubxona | { oiLa Va uNDaGi BaXT }

Er xotinning yoshi munosabatlarga tasiri 2- qism

Qo'shdi:!_A_Z_I_Z_! (17.12.2016 / 17:43)
Reyting:rating 1038 article (0)
Oqilgan:575
Fikrlar:Fikr bildiraolmaysiz
1-2-3 YoSh FARQ BO‘LSA...

Psixologlar fikricha, er-xotin o‘rtasidagi bunday yosh tafovuti eng ko‘p uchraydigan holatlardan biri sanaladi. Ammo aynan mana shu oilalarda ehtiros va tushunmovchiliklar tengma-teng yurishi aytiladi. Sabab? Yosh tafovuti bir yilni tashkil qilgan juftliklar ko‘pincha bir-birini tinglashmaydi. Er-xotin orasidagi yosh farqi ikki yil bo‘lganlarda esa bir-biriga yon bosish taqchil. Uch yosh – bunda ko‘pincha er-xotin munosabati ayol xarakteri va bilimdonligiga bog‘liq. Xo‘sh, «shaxsiy» hayotda-chi?

Ayol juftidan uyalishi, uning istaklariga qarshi borish mumkin. Erkak esa buning aksini istaydi.

Ayol yaqinlik borasida fikrlarini ochiq aytolmaydi. Erkak esa bunga imkon yaratish kerakligini tushunmaydi.

Ayol ro‘zg‘or ishlari, bolalar bilan o‘ralashib, «nozik» munosabatlarni ikkinchi o‘ringa surib qo‘yadi. Erkak, unga bu holat tabiiyki yoqmaydi.

Keltirilgan holatlar tahmin bo‘lishi ham mumkin. Ammo farazlarning ro‘yobga chiqishi yoki aksincha xayollarda qolib ketishi o‘zingizga bog‘liq.

8-10 YoSh FARQ BO‘LSA...

Turmush o‘rtog‘ingiz uylangunicha karera qilgan, «oyoqqa turib» so‘ng oila qurgan yigitlardan. Hayot maktabida savodi chiqqanki, kezi kelganida nasihatlaridan «qoningiz» qaynaydi. O‘zingizni xuddi yosh boladek sezasiz. Alam qilgani yolg‘iz qolganingizda ham bu xis sizni tark etmaydi. Shuni deb, harakatlaringizni nazorat qilasiz, biror ishni noto‘g‘ri bajarishdan cho‘chiysiz. Xo‘sh, nega shunday? O‘ylab ko‘rganmisiz?

Orangizdagi yosh tafovuti haqidagi o‘ylar miyangizga zulukdek yopishib olgan. Har o‘ylaganingizda asab torlaringizni siqaveradi. Aslida esa yoshdagi farqqa e’tibor bermaslik kerak. Axir baxt, yoshingizga qarab berilmaydi-ku.

Yoringiz oldida uquvsiz ko‘rinishdan qo‘rqasiz. Imkon bering, o‘rgatsin, yo‘lga solsin. Erkaklar buni yoqtirishadi.

U bilan ko‘proq suhbatlashing. Ammo turmushdagi muammolar yotoqxonaga kirmasin. Shaxsiy hududda faqat siz va u, demak mavzu ikkingiz haqingizda.

Turlanishni o‘rganing! Zeb bering, ko‘rkam bo‘ling, sizni ko‘rib juftingizning ko‘zi quvnasin!
Yuklash txt | fb2
Onlayn: 2 | 0 | 42
A'zo bo'lish