Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish A‘zo bo‘lish
Kutubxona | { oiLa Va uNDaGi BaXT }

Er xotinning yoshi munosabatlarga tasiri 1-qism

Qo'shdi:!_A_Z_I_Z_! (17.12.2016 / 17:42)
Reyting:rating 1037 article (0)
Oqilgan:581
Fikrlar:Fikr bildiraolmaysiz
«Erim mendan sakkiz yosh katta. Qachon qarama «Ko‘p narsaga aqling yetmaydi, hali yoshlik qilasan» deb nasihat qilgani-qilgan. Uning yo‘l-yo‘riqlari, hatto, yotoqxonamizda ham tinmaydi...» «Meniki esa o‘zim bilan tengdosh. Balki shungadir urishsak ham tezda yarashib olamiz. Keyin «nozik» munosabatlarda ham qarashlarimiz o‘xshash...» «Tergab, yo‘lga solib turgani yaxshi-da. Yoshi o‘zingdan kichik bo‘lsa, ayol ekaningni ham unutib qo‘yarkansan, gohida...»

Bular to‘qima «hikoya»lar emas, shifoxonada navbat kutayotib eshitganlarim, aslida. Er-xotin o‘rtasidagi yosh tafovuti ehtimol kimgadir u qadar jiddiy ko‘rinmas. Biroq aynan shuni deb, kelisha olmayotgan yoxud bir-birini hamon «anglash» bilan ovora bo‘lgan oilalar ham yo‘q emas oramizda. Xo‘sh, buning sababi nima? Nozik munosabatlarga ta’siri bormi? Mavzuni hayotiy misollar yordamida tahlil qilishga urinib ko‘ramiz.

Mutaxassis – androlog-seksopatolog Dilmurod ERGAShEV.



Tibbiyotda inson yoshi ikkiga ajratiladi. Biri organizmning biologik yoshi, ikkinchisi esa psixologik yosh. Aytaylik, yoshingiz 40da, ammo o‘zingizni 30 yoshlardek his etasiz. Demakki, ko‘rinishingiz ham shunga mos. Aslida, yosh nisbiy tushuncha. Biroq oilaviy munosabatlarda u muammoga sabab bo‘lsa, albatta yechimini topish zarur. Surishtiruvimizga ko‘ra, aniqlangan holatlarni tahlil qila turib, ayollarga maslahat berishni lozim topdik. Negaligini esa sahifa so‘ngida bilib olasiz.



TENGDOShLAR...

Yoshlikdan bir-biriga ko‘ngil qo‘ygan sinfdosh yoxud kollej, institutda tanishib, sevishib qolgan juftliksiz. Turmush qurguningizga qadar bir necha yil uchrashib yurib, bir-biringiz haqida to‘liq ma’lumot olgansiz go‘yo. Ammo bir oila bo‘lib yashay boshlagach, tasavvurlaringiz boyiydi. To‘g‘ri, nozik munosabatlarda jiddiy muammongiz yo‘q. Chunki qarashlaringiz o‘xshash. Bu borada yagona to‘siq – bir-biringizni tushunmasligingiz. U «er» maqomini istaydi, siz bo‘lsa, «Qo‘limdan kelganicha harakat qilayapman» «rejimi»ni ma’qul ko‘rasiz. Xo‘sh, «san-man»ingiz yotoqqacha kirib bormasligi uchun nima qilish lozim?

U bir vaqtlar ortingizdan ergashib, tuni bilan derazangiz tagida o‘tirib chiqqan oshig‘ingiz bo‘lsa ham, endilikda «lavozi»mi oshgan. Juftingiz u! Shunga yarasha muomalani istaydi. Endi sizni navbatingiz – xushomad qilishu mulozamatni o‘rniga qo‘yishga.

«Avval boshqacha edingiz» kabi vajlarni bas qiling! Yosh qizcha emas, ayolsiz endi!

Yoshingiz tengligi sabab ayrim mavzularda bir hil fikrlaysiz, ba’zilarida esa aksincha. Agar bu yaqinlik masalasidagi munozara bo‘lsa, juftingizga imkon bering, fikrini tinglang.

O‘xshash fikrlashingiz munosabatlarda bir xillikni yuzaga keltirmasin. Rang-baranglik kiritishga harakat qiling. Yo‘qsa, ehtiroslar alangasi so‘nib, «shartli er-xotin refleksi» paydo bo‘lishi mumkin.
Yuklash txt | fb2
Onlayn: 2 | 0 | 42
A'zo bo'lish