Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish A‘zo bo‘lish
Forum | Muloqot | Erkin Mavzular
» Qidiruv
   Biz qachondan beri nikohsiz yigit- qizning uchrashuvlariga yo‘l bera boshladik?
 ●○°◦•Santa Claus [off] [#] (7 Dekabr 2017, 13:27)
To‘y – xalqimizning ezgu
an’analarini o‘zida mujassam etgan
qadim qadriyat. Keksalar uchun
orzu-havas bekati, yoshlar uchun
yangi hayot, yangi olam ostonasi.
Afsuski, keyingi paytlarda o‘zini ko‘z-ko‘z qilish maqsadida dabdaba
bilan to‘y qilish holatlari paydo
bo‘lmoqda-ki, bu xalqimizga xos
go‘zal qadriyatlarga mutlaqo yotdir. Xalqimizda o‘zingga yarashmagan
ishni qilma, degan ibora bor. Albatta,
o‘ziga yarashmagan ishni qilgan
odam uyatga, malomatga qoladi.
Ayni paytda to‘ylarimizda urfga
aylanib ulgurgan «ommaviy madaniyat” ko‘rinishidagi ikki yosh
haqida «film”, kelin-kuyovning
valsga tushishi, gul otish, yana
allaqanday qiliqlar milliy
qadriyatlarimizga yot, o‘zligimizga
yarashmaydigan bema’ni xatti- harakatlar, xolos. Biz qachondan
beri nikohsiz yigit-qizning
uchrashuvlariga, qo‘l ushlashib
sayru sayohat qilishiga yo‘l bera
boshladik? «S’yomka” jarayonida
videokamera kelin-kuyovning xobxonasigacha kirib borishi
sharmsizlik emasmi?! …To‘yxonada chiroq bir o‘chib
yondi. Sahnaga ko‘z tashlasam,
oppoq qo‘lqopli kuyov kelinning
belidan quchgancha raqs
tushmoqda. Dasturxon atrofidagi
yoshi ulug‘ insonlarga razm solaman. Xuddi o‘zlaridan
uyalganday xijolat chekib
o‘tirishibdi. Yonimdagi kishiga bu
holat haqida aytsam, xotirjam kulib:
«bu ham taraqqiyot» dedi.
Taraqqiyot qadriyatlarimizni oyoqosti qilish evaziga bo‘ladimi?!
Maishiy-madaniy turmushimizga yot
illatlarni kiritish taraqqiyotni
belgilaydimi?! To‘ydan oldingi «Sevgi
hikoyasi”chi?! Bu videotomoshaga
kiritilayotgan «yangiliklar”ni ko‘rib bir kulging kelsa, bir yig‘laging
keladi kishining. Kelin-kuyovning ilk uchrashuv
jarayoni tasviri ko‘rsatilmoqda. Qiz
kutubxonada qalin muqovali kitobni
mutolaa qilmoqchi. Kitob javonlari
orasidan bir yigit unga tikilib turgani
birdan xayolini bo‘ladi kelinning. To‘g‘ri, uchrashuv kitob targ‘iboti
bilan boshlangani yaxshi. Zero,
ma’naviy yaqinlikkina ikki yosh
qurayotgan oila poydevorini
mustahkamlaydi. Ammo bo‘lajak
kelin haqiqatan ham kitobxonmi yoki umrida birinchi marta badiiy
kitob ushlamoqdami? Haqiqiy
kitobxon bo‘lsa, uning dunyosida
«ommaviy madaniyat” illatlari nima
qilib yuribdi?!
 Nurlan [ban] [#] (7 Dekabr 2017, 23:28)
Masalan men svidaniyaga umuman chiqmaganman
 Nurlan [ban] [#] (7 Dekabr 2017, 23:31)
Rostini aytganda, bu yomon narsa. Qo'shtirnoq ichidagi sevishganlar. Hatto faqat chimildiqda ko'radigan narsalar ham, ular uchun ermakdek gap. Hamma gap qizlarda. G'unajin ko'zini suzmasa... )))
 MEH MET [off] [#] (8 Dekabr 2017, 09:07)
# Nurlan (07.12.2017 / 23:31)
Rostini aytganda, bu yomon narsa. Qo'shtirnoq ichidagi sevishganlar. Hatto faqat chimildiqda ko'radigan narsalar ham, ular uchun ermakdek gap. Hamma gap qizlarda. G'unajin ko'zini suzmasa... )))
ha tori ayb qizlarda lekin ularni aka ukasi otasi bor biz szga ohshagan ular qayerga qarashyapti gayulligi yomi ularni aka qattiq qol bolsa singli unaqa ish qilmaydi ota qiziga nasihat qilsa qizi kochada patrushka qilib yurmedi lekin aka ozi qizlar bn gaplashib yursa ota qizi bn ishi bolmay oilami boqishim kere deb yurovirsa qizbola qande yaxshi bosin
 Oloviddin Mingboyev [off] [#] (8 Dekabr 2017, 20:28)
Mana bu juda yahshi mavzu. Lekin nega hech kim javob bermayapti.
Nima javob topa olmayaptimi? Yoki istamayaptimi?
Ahir muallif sizlar uchun bu mavzuni örtaga tashladiku. Bu sizlarning hayotingiz qani javob yozing! Kutamiz?
 Oloviddin Mingboyev [off] [#] (8 Dekabr 2017, 20:37)
Aksaryat ayib yoshlarni özida.
Agar ularga bunday qilma yomon deb köringchi. Basharangizni tupurik bilan töldirib yuboradi. -Senga nima? Kim bölibsanki menga aqil örgatasan. Bu meni hayotim hohlagancha yashayman. Menga aqil örgatma.
Yölingan qolma. Va hakoza gaplar!
Ög'il bola bölsa og'zini yorasiz agar qiz bola bölsachi unda nima qilasiz?
Shundaymi?
Yoki yolg'onmi gaplarim!
 MEH MET [off] [#] (8 Dekabr 2017, 20:43)
xa mahallamizda 1 2ta qizla boridi kallejda oqirdi bolla bn korib bir akahon nma qilyapsa kim bu degan ekan szi ishiz bomasin men bn debdi
 Oloviddin Mingboyev [off] [#] (8 Dekabr 2017, 21:12)
Ba'zida yemagan somsaga pul tölagan paytlarim bölgan.
Ana shundayam baribir özimni muammolarga tiqaveraman.
Hatto net olamida ham shunday böldi.
Kimlarnidir hayotini yahshilashga uringan sari öz hayotim chigallashaveradi. Maqtanmayman men doim har qanday vaziyatdan chiqa olaman.
Köpchilik aytadi.
Nega bunaqasiz?
Bilmadim.
Bilganim shuki Loqaytlikni yoqtirmayman.
Aslida bu olamda menga nima bor? Nega bu yerdaman.
Chunki bu yerda menga öhshash. Yoshi katta bölsa ham sizlarga tög'ri yölni körsatuvchi kimdir kerak.
Maqsadim real hayotmi yoki vertual qanday bölganda ham men shu ikki olamda ham mavjudman.

Bir oz qattiq gapiraman ba'zida.
Ana shunda hafa bölmasanglar bölgani.
Forumda yahshi yigit qizlar köp. Shu sabab Chatga emas shu yerga yozaman.

Shunaqa real hayotga oid mavzularni köpaytiraylik.
 Shodlik [off] [#] (9 Dekabr 2017, 12:04)
Hozir odamla juddayam zamonaviylashiiiiib ketishgan..... zamonaviylikmas aslida niqoblar ... huddi karnaval zamonide hozir... kim qanaqaligini bilish qiyin...

Yaxshiyam odamla gapiradi yomon ish qisa... shulani dip ayrimla yomon ishladan sal pal tiyiladi.... ammo min yaxshi bo'mi odamla barbr tuxmat qivotti dp yomon yurvotganlayam aaaancha...


To'yladigi holatla esa aloxida mavzu... kelin dugonalaga nimamush kuyov jo'rala etibdiki kelindugonala bilan kuyovjo'rala bitta davra bo'p o'ynimiz dib... avvaliga o'ynili qizla aloxida disam bolla shunaqa ssenariy tuzganakan birga o'ynimiz diyishdi man ee dib aloxida o'ynavotsam qizla kep davrani ochvorishudi bolla oramizga kirvolishdi shart ketp qoldm... qizla sekn sekn keldi kn... nimamush kuyovjo'ra kelin dugonaga qolini beliga qoyp suykalvotgammush.... ha endi yo'l berganidan keyin bollayam o'zidan ketadde... .



Bitta gap.. qizla g'urursiz bop qogan hoz! G'ururi bo'sa har kim bilan gaplashib o'ynab ketvurmidikuu?! Avvalo qizlani buzishga urinvotgan bolladayam ayb! U ximoyachi bo'lishi kerr erke digani buzg'unchi diganimas! Qizla bitta qadam tashasa bolla 2 qadam tashidi... ammo ikki tomonni yomon yurishi qizla 50 % ga bolla 50% .... qizlayam o'zidan nari itarsa bollayam yaqinlashomidi chunki uyam g'ururi toptalishini istamidde usha qizga qaytp qaramidiyam... ammo battar qip alamini oladigonlariyam bor...
 ///((-UzB-)) /// [off] [#] (9 Dekabr 2017, 12:37)
hammaga ayniqsa qizlar va yosh juvonlarga hudo insof bersin.
 MEH MET [off] [#] (9 Dekabr 2017, 14:11)
# ///(((-U-z-B-))) /// (09.12.2017 / 12:37)
hammaga ayniqsa qizlar va yosh juvonlarga hudo insof bersin.
xa rosd men kop kordim unaqalani
 !!!ДАМИНИК!!! .. [off] [#] (9 Dekabr 2017, 19:26)
Manimcha kòproq ayib ota onada !!!!!!!!!!
 Komoshmanku _____ [off] [#] (9 Dekabr 2017, 20:02)
Assalomu aleyköm muollifga mavzuni ochgani uchun tashakur va sizlarning har bitta pöstingizni öqib chiqtim biriz qizlarga ayb qöydiz biriz ota onaga yana bitez ög'ill bollaga manimcha xozirgi paytda hammada ayib bor nimaga disizmi? Ayirim ota ona farzandiga sözini ötqazomidi ayirim farzandlar esa ota onani gapiga kirmidi töydigi dab dabozli özbegimi xöja körsindigi baxtli turmushi 6 soatli nikox töylarini dab daba bn ötkazib borishiga br özimiz jamiyatimiz sababchi "guruch körmesiz bömidi" xar bita oila vakillarimizdan bitasi "Voy manbi qöshni manbaqa qbti, yokida manbinisi mashina opti" va bu gapga bitta sovol "MANI UNDAN NIMA KAM JOYIM BOR?" Jovob esa"XALI UNDANAM ZÖR QILAMAN ZÖR BÖLAMAN" bu oddiy gaplar emas bu xayotdagi real gapla va insonlarni bir birga bölgan g'ayrlik köromasliklari.
 !!!ДАМИНИК!!! .. [off] [#] (9 Dekabr 2017, 20:07)
Gapiz tòģri lekin mavzuga jovobni kòrmadim
 Nurlan [ban] [#] (9 Dekabr 2017, 21:22)
Qiz bola-palaxmon toshi. Oddiy toshmas, kallani yoradigan tosh ))) Shuning uchun yigitlarga ota -onalarimiz "boshing toshdan bo'lsin" deyishadi albatta 5 qo'l baravarmas. Ba'zi qizlarni qo'li shirin, ba'zilarni tili shirin, ba'zilarni ... o'ylap qarasak, agar hamma yigit gaplashgan qiziga uylanganda, O'zbekistonda qiz qolarmidi hullas, qizlar buni bilsin.
 Oloviddin Mingboyev [off] [#] (9 Dekabr 2017, 22:19)
# !!!ДАМИНИК!!! °° (09.12.2017 / 19:26)
Manimcha kòproq ayib ota onada !!!!!!!!!!
Ota onalarni aybi nima?
Sizlarni örta hisobda 3.700gramlingizdan to shu kuningizgacha vaqt ichida özi yemay yedirgan. Ichmay ichirgan.
Kel shu bolamni bahti uchun deb töylar qilgan. Har onda bolasini öylaganimi?
Ba'zi bir yoshlar hafa bölmanglar-u juda aqilli bölib ketgan.
Hatto ota onasiga aqil örgatadi.
Shunchalik aqilli ekansan nahotki oddiy qoydalarni tushunmaysan. Ibo sharm hayo odob degan tuyg'ularni chetga surib özlarini körsatib maqtanishiga balo bormi?
Qaytanga özlarini sharmanda qilib, ota onalarini yerga tiqib. Bu ham yetmaganidek bir dunyo qarzga tiqishni kimga keragi bor.
Ösha kungi bir kunlik oshiqcha sarf harajatlarini örniga kelajagini öylashsin.
Shu ketishda qöyib bersa Chimildiqni ham töyhonaga olib chiqishadi.

Bunday udumlar bizga qayerdan kelayapti?
Buni ortida kimlar va nima sababda qilishyapti?
 ///((-UzB-)) /// [off] [#] (9 Dekabr 2017, 22:47)
ey dostlar insof bermasa qiyin.
 Oloviddin Mingboyev [off] [#] (10 Dekabr 2017, 14:21)
Insonlar insofni isrofga almashyapti.
Töqchilik zamoniga shkur qilmayapti.
Bularni bir kun kelib uvoli tutadi hali.
 ///((-UzB-)) /// [off] [#] (10 Dekabr 2017, 17:33)
# Oloviddin Mingboyev (10.12.2017 / 14:21)
Insonlar insofni isrofga almashyapti.
Töqchilik zamoniga shkur qilmayapti.
Bularni bir kun kelib uvoli tutadi hali.
togrii
 Shodlik [off] [#] (13 Dekabr 2017, 16:39)
Oddiygina uchrashuv bo'sa maylikuyaaaaa.....

oddiy qarasayam maylikuyaaaaa....

Ammo....

Ming afsuski.................. havas qisa arziguli holatla bilan birga juddayam achinarli holatlayam uchravotti...
Sevgiiiii dip nafsni niqob qilishvotti...! Baribir uylanadiku... baribir uylanamanku... uyo buyo baxona...
  Umumiy: 108
Onlayn: 2 | 2 | 43
A'zo bo'lish